Erdo‘g‘on Rustam Azimovni "Beylerbeyi" saroyida qabul qildi

© Podrobno.UZTurkiya prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi
Turkiya prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on va O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov 27-fevral kuni Istanbuldagi "Beylarbeyi" saroyida uchrashishgan.

Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Erdo‘g‘on uchrashuvi: ikki rahbar nimalarga kelishib oldi?
Turkiya rahbari saytida berilgan xabarga ko‘ra, bir soatcha davom etgan uchrashuvda OAV vakillari ishtirok etishmagan.

Uchrashuvda shuningdek, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Turkesh, iqtisodiyot vaziri Nihot Zaybekchi va milliy mudofaa vaziri Fikri Ishiq qatnashgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbulda o‘zbek-turk biznes-forumida ishtirok etgan, uning yakunida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolangan.

Forumda chiqish qilgan Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi o‘tgan yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etganini qayd etgan, shu bilan birga bu ko‘rsatkich imkoniyatlar darajasidan past etgani ta’kidlangan.

Turkiya tomoni statistik ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilda Turkiyadan O‘zbekistonga eksport hajmi 488,5 mln dollardan 533,3 mln dollarga o‘sgan, O‘zbekistondan Turkiyaga import hajmi esa 711,5 mln dollardan 709,2 mln dollarga pasaygan.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, Rustam Azimov o‘z chiqishida, O‘zbekiston Turkiya bilan neft-kimyo sohasida hamkorlik qilish niyatida ekanini aytib o‘tgan. Azimovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2ta neftni qayta ishlash zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda va uchinchisini qurish ishlari olib borilmoqda.

"Biz O‘zbekistonda oltin, kumush va uran kabi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishimiz mumkin", — deb aytgan bosh vazir o‘rinbosari.

Temir va avtomobil yo‘llari qurilishi loyihalari ham hamkorlikning yana bir yo‘nalishi bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi u.

Rustam Azimov Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat bo‘lganini eslab o‘tgan va "O‘zbekiston xalqi buni hech qachon unutmaydi", deb aytgan.

Yangiliklar lentasi
0