TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijga amalga oshirgan ilk rasmiy tashrifidan so‘ng Buxoro viloyatiga safar qiladi. Bu haqda Podrobno.uz agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, qator yuqori martabali mansabdorlar mamlakat rahbari tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan Buxoroga yetib kelishgan. O‘zbekiston prezidentining Turkmanistonga amalga oshirgan ikki kunlik tashrifi 7-mart kuni yakunlandi.
Prezidentlik saylovlaridan so‘ng Shavkat Mirziyoyev mamlakat bo‘ylab tashriflarini amalga oshira boshladi. Prezident Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
An’anaga muvofiq, mamlakat rahbari yirik sanoat obyektlariga tashrif buyuradi, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi jarayoni bilan tanishadi.