Turkmanobodda Islom Karimov xotirasiga atalgan yodgorlik ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMemorialniy kompleks v chest Islama Karimova v Turkmenabade
Memorialniy kompleks v chest Islama Karimova v Turkmenabade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston rahbari yig‘ilganlar oldida nutq so‘zlar ekan, Islom Karimovning hamisha qardoshlik va birodarlik rishtalariga asoslangan o‘zbek-turkman davlatlararo munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rnini yuqori baholadi

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Turkmanobodda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik ochildi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qildi. Lebop viloyati ma’muriy markazining asosiy ko‘chalaridan biri ham Islom Karimov nomi bilan ataladi.

Yodgorlikning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda O‘zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev hamda Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirok etdi.

Amudaryo orqali o‘tgan yangi ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Amudaryo orqali o‘tgan ko‘prikni ochishdi

Turkmaniston rahbari yig‘ilganlar oldida nutq so‘zlar ekan, Islom Karimovning hamisha qardoshlik va birodarlik rishtalariga asoslangan o‘zbek-turkman davlatlararo munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rnini yuqori baholadi.

"O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentiga eng yaxshi yodgorlik — bu uning ishini munosib davom ettirishdir", dedi Gurbanguli Berdimuhammedov. U o‘zaro bir-birini tushunishning yuqori darajasi, umumiy tarixiy ildizlar kelgusida ham davlatlararo hamkorlikning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Turkmaniston va O‘zbekiston yetakchilari Islom Karimov xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Yangiliklar lentasi
0