TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Tojikistonliklar "Islom davlati" terrorchilik tashkilotining hudkush-jangarilari roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Niderlandiyadagi Terrorizmga qarshi xalqaro markazning "Hudkushlik vositasidagi urush: IDning shahidlik sanoati statistik tahlili" deb nomlangan hisobotida aytiladi.
Maʼruzada keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 2015 yil dekabridan 2016 yil 30 noyabriga qadar Suriya va Iroqda 27 nafar Tojikiston fuqarosi hudkushlik sodir etgan.
Roʻyxatda keyingi oʻrinlarda Saudiya Arabistoni va Marokash (17tadan hudkushlik), Tunis (14), Rossiya (13), Misr (11) va Falastin (9 marta oʻzini portlatish) joylashgan. Xitoy va eronlik jangarilar 7 martadan hudkushlik sodir qilgan.
Roʻyxat oʻrtasidan toʻrttadan fuqarolari hudkushlikka qoʻl urgan Liviya, Oʻzbekiston, Turkiya, Sudan, Iordaniya joy olgan. Qozogʻiston va Afgʻoniston fuqarolari ikki martadan hudkushlik sodir etgan.
Maʼruza mualliflarining qayd etishlaricha, aksariyat — 70% hollarda ID jangarilari omma toʻplangan joylarda avtomashinani portlatish orqali hudkushlik sodir etgan. Koʻrsatilgan davrda hudkushlar amalga oshirgan barcha hujumlarning 84%i harbiylarga, qolgan 16%i oddiy aholiga qarshi yoʻnaltirilgan.