Tojikiston 400 nafar terrorchini qo‘lga olgani haqida ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yil davomida Tojikistonda 400 nafar terrorchilar qo‘lga olingan. Ular turli ekstremistik guruh va uyushmalarga mansub bo‘lgan

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Tojikistonda 2016-yil davomida 36ta terrorchilik aktlarining oldi olindi, deya bayonot qilgan Tojikiston Respublikasi IIV rahbari Ramazon Rahimzoda.

Terrorchilar joylardagi mahalliy organlar va ayrim shaxslarga hujum uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Nissadagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ehtimoliy teraktlarga nisbatan kerakli choralarni ko‘rmoqda
Tojikiston IIV rahbari teraktlarni rejalashtirganlar "Islom davlati" yoxud "Jabhat-an-Nusra" safiga qo‘shilib ketgan Tojikiston fuqarolari bo‘lganini ma’lum qilgan.

O‘tgan yil davomida Tojikistonda 400 nafar terrorchi qo‘lga olingan. Vazir so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Iroqda jang olib borgan "ID"ning 22 nafar a’zosi o‘z ixtiyori bilan Tojikistonga qaytib, hukumatga taslim bo‘lishgan.

Rahimzoda shuningdek, Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida vaziyat ayni vaqtda sokinligini, ammo ular Afg‘oniston hududida terrorchilar to‘plangani haqidagi ma’lumotga egaligini aytib o‘tgan.

"Afg‘oniston hukumati bilan hamkorlikda bu guruhlar Tojikiston hududiga kirib kelmasligi uchun ularning faoliyatini kuzatib bormoqdamiz", — deb ta’kidlagan vazir.

Yangiliklar lentasi
0