TOShKENT, 23 apr — Sputnik, Amangeldi Nurmuradov. Shanba kuni Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Xalqaro tanlovda 2016-yilning eng go‘zal Axalteke tulpori aniqlandi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Turkmaniston prezidenti tomonidan qurdirilgan Axalteke otlari majmuasida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida g‘olib aniqlandi. Hakamlar hay’ati Bekxon laqabli tulporni turkmanistonning eng go‘zal oti unvoniga munosib deb topdilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Axalteke go‘zali” 8 yoshda. Barchani o‘ziga rom qilgan tulpor esa “Galkinish”(Tiklanish) ot-sporti jamoasiga tegishli.
Bekxonning go‘zalligi uchun g‘olib – “Galkinish” ot sporti jamoasi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan Hyundai Equus avtomobili bilan taqdirlandi.