TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan "Oʻzbekiston XDPning eng faol ayoli" koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichi oʻtkazildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi.
Ishtirokchilar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar uchun barqaror ish oʻrinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etishgan. "Qonunlarimiz hayotimiz asosidir" deb nomlangan shartda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi. "Siyosiy hozirjavoblik" shartida qatnashuvchilarning siyosiy bilimi, notiqlik mahorati baholandi.
Tanlov yakuniga koʻra, toshkentlik Nilufar Sobirjonova birinchi oʻrinni egalladi. Fargʻonalik Sanobar Irismatova ikkinchi, buxorolik Sohiba Fayzullayeva uchinchi oʻringa loyiq topildi. Gʻoliblarga diplom hamda sovgʻalar topshirildi.