TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Vladimir Jirinovskiy “Hukumat vaqti” davomida chiqishida Uy-joy komunnal vazirligini tashkil etishni taklif qildi.
"Uy-joy vazirligini tiklash haqida o‘ylab ko‘rish kerak", — dedi u.
Jirinovskiyning so‘zlariga qaraganda, bu sohada hozirda muammolar ko‘paygan — "odamlar boshiga sumalaklar tushib ketmoqda, odamlar qor uyumlari ostida qolmoqda, odamlarni itlar g‘ajimoqda".
"Sobiq Ittifoq hukumati odamlarni g‘ajigan itlarni bo‘g‘ib o‘ldirganini yaxshi eslayman", — deb ta’kidladi u.
“Hukumat soati” o‘z poyoniga yetgach, Vladimir Jirinovskiy RIA Novosti muxbiriga bugungi taklifi jiddiyligini va LDPR partiyasi tez orada bu borada tegishli tashabbuslarni ilgari surishini ma’lum qildi.