Dunyoda

AQSH uy-joy qurilish vaziri immigrantlarni qullarga qiyosladi

© Brendan Smialowski / AFPBen Karson
Ben Karson - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShning yangi uy-joy qurilish vaziri Ban Karson immigrantlarni qullarga qiyosladi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Amerika uy-joy qurilish va shaharni rivojlantirish vazirligi yangi rahbari Ben Karson immigrantlarni qullarga tenglashtirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Trampning 10 ta saylovoldi vaʼdasi
"Amerika nima degani? Orzular va imkoniyatlar mamlakati. Bu yerga kemalarda qullar bilan birga kelgan boshqa immigrantlar ham boʻlgan. Ular yanada koʻproq mehnat qilgan va kamroq pul evaziga yanada ogʻirroq ishlarni bajargan", — deb aytgan Karson vazirlik xodimlari oldida chiqish qilar ekan.

U shuningdek "ularning ham oʻz orzulari boʻlgani, kun kelib qizlari, oʻgʻillari, nevara va evaralari bu mamlakatda baxtli va farovon hayot kechirishlarini orzu qilishgan"ligini qoʻshimcha qilgan.

Karson — Tramp vazirlik lavozimini taklif qilgan ilk afroamerikalikdir. Uy-joy qurilish vaziri sifatida Karson Trampning saylovoldi vaʼdalarini ijobatga chiqarishi — yaʼni qashshoqlar va ozchilik vakillari istiqomat qiluvchi "shaharlarning ichki tumanlarini tozalamogʻi" lozim.

Yangiliklar lentasi
0