Mirziyoyev va Berdimuhammedov dolzarb muammolarga qarshi birgalikda kurashishga va’dalashdilar

© Gosudarstvennoe informatsionnoe agentstvo TurkmenistanaO‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari - Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari - Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ashxobodda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Gurbanguli Berdimuhamedov matbuot qarshisida chiqish qilib, bugungi uchrashuv ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochganini qayd etib o‘tdi

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Gurbanguli Berdimuhamedov turkman-o‘zbek muzokaralari natijasini umumlashtirdi, deb xabar qilmoqda Turkmenistan segodnya axborot agentligi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Berdimuhammedov qator hujjatlarni imzoladilar
Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganidan keyin davlat tashrifi bilan birinchi bo‘lib Turkmanistonga kelganini ta’kidlab o‘tdi, deyiladi xabarda.

Gurbanguli Berdimuhammedovga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama aloqalar holati muhokama qilinib, xalqaro masalalar bo‘yicha fikrlar almashilgan. Davlat rahbarlari muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarni o‘z ichiga olgan salmoqligina hujjatlarga imzo chekishgan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuv ikki davlatning turli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganiga ishonch bildirdi.

Turkmaniston rahbarining qayd etishicha, muzokaralar vaqtida alohida e’tibor mintaqa xavfsizligi masalalariga qaratilgan. U ikki mamlakatning qo‘shni Afg‘onistonda faqat siyosiy yo‘l bilan barqarorlik o‘rnatilishi borasidagi fikri ham mushtarakligini tasdiqladi.

Tomonlar ikkiyoqlama formatda yaqindan hamkorlik qilishga hamda xalqaro tashkilotlar doirasida xalqaro terrorchilik, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga kelishib olganlaryu.

"Alohida e’tibor esa Markaziy Osiyo hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalasiga qaratildi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik bu jarayonning muhim tarkibiy qismi bo‘lmoqda. Bu o‘rinda pozitsiyalar aniq: ikki mamlakat ham Markaziy Osiyoning tinch va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam va samarali mexanizm yaratilishini istaydi", degan turkmanistonliklar rahbari.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ikki mamlakat ham Afg‘oniston muammosini hal etish borasida umumiy fikrdaligini, ya’ni muammoni faqat tinch va siyosiy yo‘l bilan, umummilliy muloqot vositasida hal etish mumkin degan fikrda ekanini qayd etgan. Davlat rahbarlari Afg‘onistonda BMTning tinchlikparvar kuchlari yanada faolroq va kengroq harakatlanishi lozimligini ta’kidlashgan.

Yangiliklar lentasi
0