Siyosat

Mirziyoyev va Berdimuhammedov qator hujjatlarni imzoladilar

© Sputnik / Sergey SubbotinOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkmaniston va Oʻzbekiston prezidentlari Gurbanguli Berdimuhammedov va Shavkat Mirziyoyev qoʻshma bayonot asosida ikki mamlakat oʻrtasida Strategik sherikchilik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston rahbarlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng oliy darajadagi ikkiyoqlama hujjat imzolash tadbiri oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Turkmaniston bugun axborot agentligi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻshma bayonot asosida ikki mamlakat oʻrtasida Strategik sherikchilik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi.

Shuningdek, prezidentlar guvohligida 2018—2020 yillarga moʻljallangan Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma, Temiryoʻl transporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi memorandum, Madaniy-gumanitar sohada 2017—2019 yillarga moʻljallangan hukumatlararo hamkorlik dasturi va Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2017—2018 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolangan.

Turkmaniston Temiryoʻl transporti vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda "Turkmanximiya" davlat kontserni Oʻzbekiston korxona va tashkilotlari bilan bitimlar imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0