TOShKENT, 6 mar — Sputnik. 2017 yil 3-mart kuni noma’lum shaxs Mirobod tumani, Gospitalniy dahasidagi xonadonlardan birining eshigi kulfini temir jism yordamida ochib kirib, Xitoy Xalk Respublikasida tug‘ilgan "Xuavey" korxonasida ishlovchi V.P.ga tegishli qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Mirobod tumani 1-texnik qo‘riqlash pulti ekipaji — safdor A.A.Bektashev, safdor M.R.Yuldashev va katta serjant A.A.Suyarkulov hamda otrad komandiri mayor U.G.Ortiqovlarning voqea joyiga zudlik bilan etib borishlari natijasida g‘araz niyatli shaxs voqea joyida, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
O‘zganing mulkiga ko‘z olaytirgan noma’lum shaxs 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Shayxontoxur tumani Uyg‘ur ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan B. A. ekanligi aniqlangan.