Mirziyoyevning Navro‘z haqidagi qaroriga o‘zbekistonliklar munosabati

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»O‘zbekistonda Navro‘z keng nishonlanmoqda
O‘zbekistonda Navro‘z keng nishonlanmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida "Bu yil Navro‘z bayrami keng nishonlanadi", - deb e’lon qilgan edi

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Aytish kerak-ki, Navro‘z bayramining O‘zbekistonda keng nishonlanishi mamlakat fuqarolari tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bu yil Navro‘z qanday nishonlanishini aytdi
Sputnik O‘zbekiston nashri bu haqda e’lon qilishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu xabarni yashin tezligida o‘zaro bo‘lishdilar.

Quyida, internet foydalanuvchilari ushbu xabar ostida qoldirgan izohlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

"To‘g‘risini aytsam, so‘nggi yillarda hech qaysi milliy bayram ko‘ngildagidek nishonlanmagan edi. Bayramlar qayerda va qay tarzda nishonlanishini hech kim bilmasdi hatto. Yangi prezidentimiz tufayli bu yil hammasi o‘zgaradi, deb umid qilaman", — deb yozgan Baxtiyor Jalalov.

"Ajoyib qaror!" "Ura! Ura! Ura!!!!, — deya o‘zining cheksiz xursandchiligini yashirishmagan Olya va Firuza ismli internet foydalanuchilari.

"Juda ham ajoyib. Biz xalqlarni bir-biriga jipslashtiruvchi bunday bayramlar ko‘proq bo‘lishini xohlaymiz", — deb yozgan Venera Malovo.

"Dono qaror. Navro‘z — bu baribir umumxalq bayrami", — deya izoh qoldirgan Raximaxon Jo‘rabayevna.

"Va nihoyat", — qisqa va lo‘nda izoh qoldirgan Muqaddas ismli foydalanuvchi.

Toshkent tramvayi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda birinchi tramvay Navro‘z kuni yura boshlaydi
"Aytmang, va nihoyat aqlli qaror e’lon qilindi", — deya Muqaddasning izohini ma’qullagan Rozaliya Gusmanova.

"To‘g‘ri qaror. Uyda o‘tirib hamma narsaga loqayd bo‘lib qoldik. Xalq bilan hech kim ish tutmay qo‘ygandi. Shu kechayu-kunduzda turar joylar, tumanlar obodonlashtirilyapti, hamma yoq go‘zallashib, chiroy ochapti. Aziz hamurtlar! Bunday o‘zgarishlarga befarq bo‘lmang. Atrofimizni toza tutishga harakat qilaylik", — deya chorlagan Madina Rahmatova.

Xullas, O‘zbekiston fuqarolari prezident qarorini bir ovozdan xursandchilik sadolari bilan qarshi olgan.

Yangiliklar lentasi
0