Atambayev chet eldan moliyalashtirilayotgan OAVlarni mish-mish tarqatishda aybladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishAlmazbek Atambayev
Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti ayniqsa bu borada AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan "Azattik" ("Ozodlik radiosi" xizmati) bu borada o‘ta "serg‘ayratlik" qilayotganini aytib o‘tdi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Xorijdan moliyalashtirilayotgan nodavlat tashkilotlar va Ommaviy axborot vositalari Qirg‘izistondagi vaziyatni izdan chiqarishga yordam berayotgan mish-mishlarni tarqatmoqda, deb bayonot qildi dushanba kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev.

Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
"Amerika ovozi" va "Ozodlik radiosi"ni kim pul bilan ta’minlashini Moskva biladi - Zaxarova
"Mish-mishlarni tarqatishda chet eldan moliyalashtirilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar va OAVlar katta hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa, bu borada AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan "Azattik" ("Ozodlik radiosi" xizmati) bu borada o‘ta "serg‘ayratlik" qilmoqda. AQSh mendan nima uchun xafaligi sababini bilaman. Gap bu yerda demokratiyada ham, haqiqatda ham emas. Gap Atambayev Manasdan AQSh bazasini chiqarib yuborgani haqida borapti", — dedi Atambayev davlat mukofotini topshirayotgan tadbir vaqtida.

Atambayevga ko‘ra, AQSh Qirg‘izistonga nisbatan ikkiyoqlama standartlarni namoyish qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0