"Qon daryo bo‘lib oqadi": "Islom davlati" Xitoyga tahdid qilyapti

© AP PhotoIslom Davlati jangarilari Liviyadagi misr nasroniylarini qatlga olib bormoqda
Islom Davlati jangarilari Liviyadagi misr nasroniylarini qatlga olib bormoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Faoliyati susayayotgan Islom davlati terrorchilik uyushmasi nega Xitoyga tahdid qilishi kerak bo‘lib qoldi noma’lumligicha qolmoqda

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. "Iroq va Levanta Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z tarixida birinchi marta Xitoyga qarshi chiqmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

IShID bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
OAV: ID rahbari vidolashuv nutqini yo‘lladi
Ekstremistlar tomonidan tayyorlangan rolikda XXR raisi Si Szinpin portreti olov gulxaniga aylansa, Xitoyning o‘zi esa "qon daryo" bo‘lib oqishi haqida ogohlantirilgan.

"ID" shu tariqa jang qilish uchun Iroq va Suriyaga yo‘l olgan taxminan 300 nafar uyg‘ur separatistlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Iroq va Levanta Islom davlati terrorchilari rahbdarlari tomonidan Xitoy hukumatiga yo‘llangan noma arab tilida so‘zlangan.

"O, odamlar gapirganda ularni tushunmaydigan xitoyliklar. Biz — Xalifat askarlarimiz va biz sizlarning oldingizga boramiz. Biz sizlarga qurol tilida tushuntiramiz. Biz ta’qib qilinayotganlar haqqiga daryo-daryo qon oqizamiz", — deyilgan video-murojaatda.

Rasmiy Pekin hukumati bu murojaatni e’tiborsiz qoldirgani ma’lum bo‘lmoqda. Reyters agentligi muxbiri tomonidan berilgan savolga javoban XXR TIV vakili bu rolik haqida hech narsa bilmasligini va terrorni qoralashini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0