TOShKENT, 1 mar — RIA Novosti. "Islom davlati" terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z nutqida IDning yaqinda bo‘lib o‘tgan janglardagi mag‘lubiyatini tan oldi, deb xabar berdi RIA Novosti Alsumaria telekanaliga asoslanib.
"Al-Bag‘dodiy o‘z nutqini vidolashuv nutqi deb atadi hamda guruh bilan nimalar sodir bo‘layotganini aytdi. Guruh a’zolari Naynavo va Iroqning boshqa hududlaridagi mag‘lubiyatlar haqida gapira boshlashdi", — degan telekanal manbasi.
Ilgariroq Mosulning g‘arbiy qismida bo‘lib turgan ID yetakchilari shahardan qochishayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Iroqning Mosul shahrini ozod qilish operatsiyasi 2016-yil oktabrida boshlangan. Shaharning sharqiy qismi jangarilardan tozalangan. Fevral o‘rtalarida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy shaharning g‘arbiy qismini ozod qilish operatsiyasi boshlanganini ma’lum qildi. 24-fevral kuni Iroq hukumat qo‘shinlari harbiy bazani qo‘lga kiritishdi va shahar g‘arbidagi aholi mavzelariga kirib kelishdi.