Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib keldi

© Sputnik / Yuriy Kaplun / Mediabankka o‘tishAshxobod aeroporti
Ashxobod aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi, deya xabar bermoqda "Jahon" AA.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga rasmiy safar bilan jo‘nab ketdi
Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

"Turkmanistonda Prezidentimiz tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgani har qadamda sezilib turibdi. Shahar ko‘chalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, o‘zbek va turkman tillaridagi qutlov so‘zlari bilan bezatilgan", — deyiladi xabarda.

Dasturdan ikki tomonlama muzokaralar, madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0