Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga rasmiy safar bilan jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi O‘zbekiston respublikasi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev birinchi rasmiy safarini nega Rossiyadan emas, Turkmanistondan boshlayapti?
Tashrif doirasida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0