TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkentdagi Mirobod bozori yonidagi Mirobod ko‘chasida buzilayotgan umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari o‘rnida ko‘p qavatli uylar quriladi. Bu haqda UZ24ga Toshkent shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi ma’lum qildi. Mirobod tuman hokimligi ushbu xabarni tasdiqladi.
Shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, buzilgan inshootlar o‘rnida beshta ko‘p qavatli zamonaviy turar joy qurish rejalashtirilgan. Hozirda ularning loyihalari tasdiqlash jarayonida.
Mirobod tuman hokimligining ma’lum qilishicha, Mirobod ko‘chasidagi buzish ishlari bir-ikki oy ichida to‘liq yakuniga yetkaziladi.