TOShKENT, 27 fev — Sputnik. 24 fevral kuni tongida "Yuysinou" (Chunsin-Sinszan-Yevropa) xalqaro temir yo‘l marshruti orqali Chunsindan yuborilgan kemalar partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda "Jenmin jibao" gazetasi xabar bergan.
27 Fevral 2017, 10:57
Bu Xitoydan O‘zbekistonga shunday tipdagi mahsulotning temir yo‘l orqali yuborilgan ilk partiyasi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistonga taqdim etgan bu yordami "Bitta mintaqa, bitta yo‘l" milliy dasturi doirasida yetkazildi.
Bu kemalar O‘zbekistondagi kanallarni tozalashda qo‘llanadi. Bunday kemalardan jami 20tasi keltirilishi ko‘zda tutilgan. Kemalar 5ta partiya orqali yetkazilishi belgilangan, birinchi partiyada 3ta kema keltirilgan.