Mirziyoyev BMTni Markaziy Osiyo davlatlarini faolroq rivojlantirishga chaqirdi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yenchani qabul qildi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi yordamchisini qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

"Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilotga a’zo bo‘lganining 25-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi uchun minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashda davom etishini ta’kidladi.

Prezidentimiz BMTning global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilik hamda bugungi kunning boshqa xavf va tahdidlariga qarshi kurashishda tutgan muhim o‘rnini alohida qayd etdi", — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, suhbat chog‘ida hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi va ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyasi o‘xshash ekani ta’kidlandi. Istiqbolda o‘zaro munosabatlarni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari ham muhokama qilingan.

Rossiya pullari - Sputnik O‘zbekiston
BMT: 2017-yilda MDH iqtisodiyotida o‘sish kutilmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan rivojlanish jarayonlarida BMTni yanada faol ishtirok etishga, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi mintaqaviy dolzarb masalalarni hal qilishda hamkorlikda ishlashga da’vat etdi.

Miroslav Yencha samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirib, BMT O‘zbekiston bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bilan BMTning samarali hamkorligi yillarida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish, Afg‘onistonga qurol-yarog‘ olib kirishga embargo qo‘yish, "6+2" muloqot guruhini tuzish, shuningdek, mintaqada taraqqiyotga erishish, Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish masalalarini global darajaga ko‘tarish va boshqa ko‘plab tashabbuslar nafaqat BMT doirasida, balki xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlandi.

Yangiliklar lentasi
0