Maldiv hukumati Saudiya Arabistoniga orollaridan birini 99-yilga ijaraga berishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Jidakov / Mediabankka o‘tishMaldiv atollaridan biri
Maldiv atollaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maldiv ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, orollarda sayyoradagi eng badavlat insonlar istiqomat qilishlari va dam olishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Maldiv hukumati Saudiya Arabistoniga orollaridan birini 99-yilga ijaraga berishi mumkin, deb xabar qildi RIA Novosti Times of India nashriga tayangan holda.

Gap Faafu atolli haqida bormoqda — u 18ta orolchalardan tashkil topgan bo‘lib, ularda 6 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Atoll 2014-yilda qabul qilingan maxsus iqtisodiy hududlarga doir qonun negizida ijaraga berilishi mumkin. Mazkur qonun xorijiy kompaniyalarga atollarni 99-yilga yoki cheklanmagan muddatga ijaraga berishga ruxsat beradi. Cheklanmagan muddatga ijaraga olish uchun kompaniya respublikada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda uning 51 foizi mamlakat fuqarosiga tegishli bo‘lishi lozim.

Masjid gumbazi - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida musulmon davlatlar harbiy koalitsiyasi tuzildi
Rasman bu rejalarni ikki mamlakat hukumatlari tasdiqlagani yo‘q. Biroq, avvalroq, Maldiv prezidenti Abdulla Yamin Saudiya Arabistonining atolldagi "loyihasi" haqida so‘z yuritgan edi. Davlat rahbari yer sotilmasligi, batafsil ma’lumot berilmasligini esa muzokaralar davom etayotgani bilan izohlagandi.

Maldiv OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, loyihaning o‘zi orollarda qayta qurish ishlarini olib borish orqali atollni yirik elita turarjoylari joylashgan hududga aylantirishni ko‘zda tutadi. Bu yerda sayyoradagi eng badavlat insonlar istiqomat qilishlari va dam olishlari mumkin bo‘ladi.

Ijaraga berish haqidagi xabarlar Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz al Saudning mintaqa mamlakatlariga tashrifi doirasida respublikaga kelishi arafasida paydo bo‘ldi. Bu o‘z navbatida muxolifatning keskin noroziliklarini keltirib chiqardi.

Xususan, Maldiv demokratik partiyasi vakili, respublikaning sobiq TIV rahbari Ahmad Nasim Times of India nashriga bergan izohida hukumat atollni ijaraga berish borasida aholi fikrini o‘rganmaganidan noroziligini bildirgan.

Nashrning qayd etishicha, atollning Saudiyaga ijaraga berilishi ehtimoli Hindiston hukumatining ham xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. Chunki, bu Ar Riyozning Hind okeanidagi ta’sirini kuchaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0