TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Saudiya Arabistoni islomiy davlatlar ishtirokida harbiy koalitsiya tuzganini e’lon qildi, RIA Novosti Reyter agentligi xabari asosida.
Koalitsiyaning birlashgan qo‘mondonlik markazi Saudiya Arabistoni poytaxti Er-Riyadda joylashadi.
Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi xabariga ko‘ra, koalitsiyaga qo‘yidagi davlatlar kirdi: Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirligi, Iordaniya, Misr, Turkiya, Pokiston, Baxrayn, Bangladesh, Benin,Chad, Togo, Tunis, Djibuti, Senegal, Sudan, Syerra Lione, Gabon, Somali, Gvineya, PNA, Komor orollari, Kot-d’Ivuar, Quvayt, Livan, Liviya, Maldiv respublikasi, Marokko, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Mali, Malayziya, Qatar va Yaman.
Koalitsiya, bayonotiga qaraganda, “musulmon xalqlari uchun xavf tug‘dirayotgan terrorchilikka qarshi kurash uchun” va “millatlarning o‘z-o‘zini himoya qilish huquqiga asosan”, tashkil qilinmoqda.
Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al-Saudning so‘zlariga qaraganda, ushbu harbiy koalitsiyaning maqsadi, nafaqat DAISh, balki boshqa terrorchi guruhlarga ham qarshi kurashish bo‘ladi. Koalitsiya o‘z faoliyatini xalqaro tashkilotlar va yirik mamlakatlar bilan muvofiqlashtiradi.