Bugun O‘zbekiston BMTga qabul qilinganiga 25-yil to‘ldi

© IA "Jaxon"25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON
25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2 mart kuni O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganiga roppa-rosa chorak asr to‘ldi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Aynan shu kuni mazkur global tuzilmaning Nyu York shahridagi bosh qarorgohida uning teng huquqli a’zosi — mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘i hilpiradi.

Tashkilot bilan hamkorlikda O‘zbekistonning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining asosiy vazifalaridan biri — Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish ishiga muhim e’tibor qaratiladi, deb yozadi "Jahon" AA.

Orol dengizida kemalar qoldiqlari - Sputnik O‘zbekiston
Orol muammosi BMT bilan hamkorlikining asosi bo‘lib qoladi

O‘zbekiston BMTning global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarida faol ishtirok etib keladi. Prezident Islom Karimovning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risidagi tashabbusi ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga muhim ulush bo‘lib qo‘shildi. Ma’lumki, mazkur taklif mintaqa davlatlari tomonidan 2006-yil sentabrda Semipalatinsk shahrida imzolangan, 2009-yil mart oyida mintaqaning qolgan barcha davlatlari tomonidan ratifikasiya qilinganidan so‘ng kuchga kirdi.

Ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish g‘oyasi xalqaro qurolsizlanish tartibidan barqaror o‘rin oldi va ushbu qurolni tarqatmaslik borasidagi global rejimning mustahkamlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

BMTning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 13ta konvensiyasining barchasida ishtirok etarkan, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlarini mazkur ofatni bartaraf etish yo‘lida birlashtirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi doirasida Aksilterror qo‘mitaning ta’sis etilishi mamlakat rahbariyati tomonidan 1999-yilda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul sammitida taklif etilgan Terrorizm bilan kurash bo‘yicha Xalqaro Markazni yaratish g‘oyasining natijasi hisoblanadi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh Kotibi Mirziyoyev bildirgan ishonchdan ta’sirlandi

O‘zbekiston BMT va uning ixtisoslashgan organlari bilan giyohvand moddalarning tajovuzkorligiga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakat rahbarining 2002-yil oktabrida BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tilga olingan taklifi bo‘yicha Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi.

O‘zbekiston va BMTning hamkorligi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini ham qamrab oladi. Bu borada ayniqsa Orol dengizi fojiasi oqibatlarini yumshatishga ustuvor ahamiyat qaratiladi. BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida O‘zbekiston "Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga BMT Bosh Assambleyasining kuzatuvchilik maqomini berish" to‘g‘risidagi rezolyutsiyaning hammualliflaridan biriga aylangani alohida e’tiborga molikdir.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev BMT yangi Bosh kotibini tabrikladi

O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatining dastlabki 25-yilida barcha sohalarda jadal rivojlandi. Mamlakatning tashkilot doirasida ilgari surgan taklif va tashabbuslari dunyo hamjamiyati tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi hamda butunjahon tinchligi, barqarorligi va turg‘un rivojlanishini ta’minlashga ulkan amaliy hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatning global tuzilma bilan bosib o‘tgan samarali hamkorlik yo‘li chorak asr davomida erishilgan qimmatli tajriba kelgusida ham BMTning asosiy hujjatlarida o‘z aksini topgan oliy maqsadlarga erishish borasidagi samarali sa’y-harakatlarni davom ettirishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch uyg‘otadi.

Yangiliklar lentasi
0