TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Suriya qo‘shinlari Rossiya Harbiy Kosmik Kuchlari ko‘magida Palmirani ozod qilish bo‘yicha operatsiyani yakunladilar, deb xabar qildi RIA Novosti.
Qadimiy shahar 2015-yilning may oyi o‘rtalaridan buyon RF hududida ta’qiqlangan terrorchilik uyushmasi nazoratida edi. 2016-yil mart oyi oxirlarida Suriya armiyasi Palmirani "ID"dan ozod etdi, ammo shu yilning dekabr oyi o‘rtalaridayoq terrorchilar Palmirani qayta egallab olgan edilar.
Palmirani tark etayotib jangarilar yo‘llar va binolarni minalab ketgan. RIA Novosti muxbiri xabar berishicha, Suriya armiyasi jangchilari qadimiy shaharning harobaga aylantirilgan qismlarini ko‘zdan kechirib, portlovchi moddalarni izlashmoqda. Portlashlar oqibatida Palmiradagi amfiteatr sahnasi markaziy qismi to‘liq vayron qilingan.