TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosarining fikricha, O‘zbekiston Turkiya bilan neft-kimyo sohasida, shuningdek, oltin, kumush va uran kabi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishi mumkin. U bu haqda Istanbulda o‘tkazilgan Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumida ma’lum qildi, deb xabar berdi "Anadolu" agentligi.
"Ayni vaqtda O‘zbekiston hududida ikkita neftni qayta ishlash zavodi faoliyat olib bormoqda. Biz uchinchi zavodni ham qurmoqchimiz. Mazkur loyihani amalga oshirishga Turkiya tomoni ham jalb etilishi mumkin, deb hisoblaymiz", — dedi Azimov.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorligida yangi sahifa ochishga tayyorligini ma’lum qildi. Gap, xususan, investitsiyalarni oshirish va transport infratuzilmasini kengaytirish haqida bormoqda. Azimov Turkiya O‘zbekistonning mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlat ekanligini va o‘zbek xalqi buni hech qachon unutmasligini qo‘shimcha qildi.