Iroq qo‘shinlari bir necha soatdan keyin Mosulga kirishadi

© AFP / BULENT KILICMosul yaqinidagi janglar
Mosul yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni Iroq hukumat kuchlari uch kunlik tanaffusdan so‘ng Mosulga hujumni davom ettirishni boshladi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Iroq qo‘shinlari Mosuldan bir necha yuz metr narida turishibdi, ular bir necha soatdan keyin Mosulga kirishlari mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti Reyter agentligi xabariga asosan. 

"Biz Mosuldan 800 metr narida turibmiz", — degan qo‘mondonlardan biri Rudaw agentligiga.

Mosulga ommaviy hujum Iroq harbiylari va politsiya kuchlari hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya qo‘llab-quvvatlayotgan kurd ko‘ngillari tomonidan 17-oktabrda boshlangandi.

Dushanba kuni Iroq hukumat kuchlari uch kunlik tanaffusdan so‘ng Mosulga hujumni davom ettirishni boshladi. Juma kuni Iroq qo‘mondonligi erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlash maqsadida uch kunlik tanaffus e’lon qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0