Jamg‘arib boriladigan pensiya holati haqida internet orqali ma’lumot olish mumkin

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishPlanshet
Planshet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu xizmatdan foydalanganda so‘ralgan ma’lumotni uzoq kutish ehtiyoji yo‘q, chunki xizmat real vaqt rejimida taqdim etiladi

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonliklar endilikda Yagona portal orqali jamg‘arib boriladigan pensiya badallari holati haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ldi.

Pensiya, nafaqa va stipendiyalar naqd pulda beriladi

Xalq banki tomonidan ishga tushirilgan ushbu xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, bu xizmatdan elektron raqamli imzo kalitida shaxsiy identifikatsion raqami mavjud jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Elektron ariza shaklini to‘ldirish jarayonida pasport va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘i haqidagi ma’lumotlarni kiritish lozim.

Ushbu xizmatdan foydalanganda so‘ralgan ma’lumotni uzoq kutish ehtiyoji yo‘q, chunki xizmat real vaqt rejimida taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0