Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida samolyot qatnovi shu yil yozda yo‘lga qo‘yilishi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishAirbus A320 samolyoti
Airbus A320 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomon yaqin muddatda Ukrainaga aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Parvozlar chastotasi hozircha haftasiga bir kunni tashkil etilishi Toshkentga ma’qul kelmoqda. Keyinchalik reyslar soni ko‘paytirilishi mumkin

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Ukraina va O‘zbekiston Kiyev va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvlarni yangilash yuzasidan muzokaralarni davom ettirishmoqda, deb xabar qildi Ukraina diplomatik missiyasi rahbari Yuriy Savchenko Sputnik O‘zbekiston nashriga.

AeroSvit - Ukraina aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina "Toshkent – Kiyev" aviaqatnovini qayta tiklash tarafdori
Savchenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu masala o‘tgan yilning dekabr oyida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti davomida ko‘tarilgan. Natijada barcha tegishli davlat tuzilmalariga barcha ikir-chikirlarni ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.

O‘zbekistonga yaqinda Ukraina davlat aviaxizmati delegatsiyasi hamda "Ukraina xalqaro avialiniyalari" vakillari tashrif buyurishgan edi. Ular O‘zbekistonning tegishli davlat xizmatlari va "O‘zbekiston Havo yo‘llari" aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv natijasini yarimijobiy deb atash mumkin: ikkala aviakompaniya ham ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida aviaparvozlarni qayta tiklashga tayyor ekanliklari va bu zarurligini qayd etishdi, ammo bu yerda reyslar chastotasi muammo bo‘lib turibdi", — deya ta’kidladi ukrainalik diplomat.

O‘zbekiston tomon yaqin muddatda Ukrainaga aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Parvozlar chastotasi hozircha haftasiga bir kunni tashkil etilishi Toshkentga ma’qul kelmoqda. Keyinchalik reyslar soni ko‘paytirilishi mumkin.

Boshqa bir tomondan esa Ukraina aviakompaniyasi haftasiga ikki marta reyslarni amalga oshirishga tayyor. Nega deganda, ularning fikricha faqat shundagina bu parvozlar iqtisodiy tomondan foyda keltirib, o‘zini oqlashi mumkin.

"Men yana shuni aytmoqchimanki, "Ukraina xalqaro avialiniyalari" haftasiga yana ikki-uchta qo‘shimcha reyslarni ochishga va Samarqand, hamda Farg‘ona vodiysiga parvozlarni amalga oshirishga tayyor. Ammo O‘zbekiston avialiniyalari o‘zining to‘ridan-to‘g‘ri reyslarida yo‘lovchilar kamayib ketishidan havotir olmoqda. Qisqasi, tomonlar reyslarni ochish kerak, degan to‘xtamga kelganlar, ammo barcha shartlar xususida kelgusi — mart oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda kelishib olish rejalashtirilmoqda. Umid qilamanki, kelayotgan yoz mavsumida bu yo‘nalishda biror natijaga erishamiz", — dedi Yuriy Savchenko.

Yangiliklar lentasi
0