Ukraina "Toshkent – Kiyev" aviaqatnovini qayta tiklash tarafdori

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tish"AeroSvit" - Ukraina aviakompaniyasi samolyoti
AeroSvit - Ukraina aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina rasmiylari fikriga ko‘ra, ikki mamlakat orasida tadbirkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘qligi xalal bermoqda.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Ukraina O‘zbekiston bilan aviaqatnovni qayta tiklamoqchi deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Toshkentdagi Ukraina diplomatik vakolatxonasi xodimi.

“Yaqinda Ukraida biznes vakillarining Toshkentga uyushtirgan safari chog‘ida tadbirkorlar O‘zbekistondagi hamkorlari bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘qligi xalal bermoqda. Ushbu munosabat bilan Ukrainalik hamkorlar ushbu qatnovlarni qayta tiklashga tayor. Buning uchun ikki tomon uchun ham iqtisodiy maqbul bo‘lgan  yechim topish kerak”, — dedi elchixona vakili.

Vakilning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda Ukraina aviakompaniyalari Rossiyaga parvozlarni butunlay bekor qilgani tufayli, O‘zbekistondan Ukraina orqali Rossiyaga uchuvchi tranzit yo‘lovchilar muammosi endi bo‘lmaydi.

Bojxona postidagi yuk mashinalari - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina tovarlari O‘zbekistonga butunlay kelmay qolishi mumkin

O‘zbekiston Havo yo‘llari Toshkent – Kiyev yo‘nalishida haftasiga bitta parvoz yetarli deb hisoblaydi.Ukraina aviakompaniyasi esa fikriga, bitta parvoz tadbirkorlar uchun uncha qulay bo‘lmaydi va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi.

Ukraina tomon fikriga ko‘ra, parvozlar birinchi yarim yilda iqtisodiy foyda keltirmasada, keyinchalik o‘zini oqlaydi.

Ukraina tomon ushbu masala bahorda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan davlatlararo komissiya majlisida hal qilnishiga umid bildirdi.  

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ukraina tomoni O‘zbekiston Havo yo‘llari parvozlariga berilgan ruxsatnomani bekor qilgan edi. Bunga javoban Toshkent ham “Ukraina Xalqaro avialiniyalari” ruxsatnomasini bekor qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0