Mirziyoyev Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan suhbatlashdi

© Sputnik / Sergey SubbotinO‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Sergey Narishkin ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildilar

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral, seshanba kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinni qabul qildi, deb xabar qildi "O‘zbekiston" telekanali.

Putinning O‘zbekistonga safari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin uchrashuvi aprel oyiga belgilandi
"O‘zbekiston rahbari mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakatning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta’kidladi", — deb xabar qilindi telesujetda.

Telekanal xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev va Sergey Narishkin ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qilgan.

Narishkin qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.

Yangiliklar lentasi
0