TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk prezidentlik safarini Rossiyadan boshlaydi.
O‘zbekiston rahbari Moskvaga 2017-yilning aprelida tashrif uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Bugungi kunda strategik hamkorlar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi barcha turda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadilar. Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori sifatida barqaror o‘rinni egallagan. 2016-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi yarmida Nursulton Nazarboyevning taklifi bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga safar qilishni ham rejalashtirgan.