Hukumat Muqimiy—Bunyodkor chorrahasi ochilishini yana bir bor kechiktirdi

© DarakchiMuqimiy-Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi
Muqimiy-Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq bu chorraha 23-fevralgacha yopilgani ma’lum qilingandi. Ammo keyin uning ochilish muddati 1-mart kuniga ko‘chirildi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan 11-fevral kuni yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017-yil 10-martga ko‘chirildi, deb xabar qildi "Toshshahartransxizmat" matbuot-xizmati.

Perekrestok ulis Mukimi i Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston
Muqimiy - Bunyodkor chorrahasida transport harakati to‘xtatildi
"Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017-yil 10-martga ko‘chirildi. Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", — deyilgan xabarda.

Ilgariroq bu chorraha 23-fevralgacha yopilgani ma’lum qilingandi. Ammo keyin uning ochilish muddati 1-mart kuniga ko‘chirilgan edi.

Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida, metroning "Novza" bekati yaqinida uzunligi 600 metrga teng bo‘lgan, olti qator yo‘l tushadigan yangi ko‘prik qurilishi 2016-yilning 16-sentabridan boshlangan edi.

Yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayrami (21 mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0