TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Muqimiy va Bunyodkor shoh ko‘chalari kesishmasida transport harakati vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri Toshkent hokimiyati xabariga asosan.
"Muqimiy va Bunyodkor shoh ko‘chalari kesishmasida, yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan 2017-yil 11-fevraldan 23-fevralgacha chorraha transport harakati vaqtincha yopiladi", — deyilgan rasmiy xabarda.
Ushbu munosabat bilan shahar hokimiyati avtotransport foydalanuvchilaridan, tirbandlik keltirib chiqarmaslik uchun boshqa ko‘chalardan foydalanishni so‘radi.
"Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr suraymiz", —deyilgan Toshkent shahar hokimiyatining xabari so‘ngida.