TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Bugun Rossiya va Oʻzbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnoma va 2017 yil davomida mamalkatlar Mudofaa vazirliklari orasida hamkorlik shartnomasi imzolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ushbu shartnomani imzolash sizning mamlakatingiz qurolli kuchlarini jihozlash va ularning jangovar qobiliyatini oshirish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish imkonini beradi. Undan ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari orasidagi hamkorlikni faollashtirish va uni amaliy darajaga koʻtarishga yordam beradi”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu oʻzining oʻzbekistonlik hamkori Qobul Berdiyevga.
Shoyguning soʻzlariga qaraganda, shartnoma birinchi navbatda Rossiya va Oʻzbekiston xavfsizliginini taʼminlovchi tadbirlarga, qurolli kuchlar jangovar qobiliyatini oshirishga, harbiy mutaxassislar tayyorlashga va harbiy-texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.
“Bugungi kunda Oʻrta Osiyo hududidagi talab va chaqiriqlar ularni bartaraf etish uchun mamlakatlar saʼy-harakatini jamlashni talab qiladi. “Islom davlati” va boshqa terrorchi tashkilotlar jangarilarini bizning mamlakatlarga kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kerak”, — dedi Sergey Shoygu.
Undan tashqari, vazirnig soʻzlariga qaraganda Oʻzbekiston qurolli kuchlarini 2020 yilga qadar qayta jihozlash va zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan taʼminlash dasturi ham amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya Kengashi tomonidan taklif qilingan, Oʻzbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik haqidagi shartnomani tasdiqlagan edi.