Toshkentda yana "Mersedes" avtobusi yonib ketdi

© "Voditeli Tashkenta"Toshkentda yana "Mersedes" avtobusi yonib ketdi
Toshkentda yana Mersedes avtobusi yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
91 yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuc "Habib Abdullayev" metro bekatiya yaqinda yonib ketdi, yo‘lovchilardan hech kim zarar ko‘rmadi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Toshkentda Mersedes yo‘lovchi avtobusi ishtirokida, navbatdagi baxtsiz hodisa yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yong‘in "Habib Abdullayev" metro bekati yaqinda, Amir Temur shoh ko‘chasi va Shahriston ko‘chasi chorrahasidagi avtobus bektida  sodir bo‘lgan.

91 yo‘nalishda harakatlanayotgan "Mersedes" yo‘lovchi avtobusning orqa qismidan avval quyuq qora tutun chiqqan, keyin esa olov paydo bo‘lgan. Yo‘lovchilardan hech kim zarar ko‘rmagan. O‘t o‘chiruvchilar chaqilirgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda aynan "Mersedes" rusumli yo‘lovchi avtobuslar yonish holatlari tez-tez bo‘lib turadi. Bunga sabab — avtobsliarning konstruksiyaviy jihatdan mahalliy sharoitga moslashmaganligi, sifatsi ehtiyot qismlar ishlatilishi, texnik xizmat sifati pastligi bo‘lishi mumkin.

Navbatdagi avtobus yonishiga nisbatan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab norozilik fikrlari bildirildi. Ushbu holat qayta-qayta takrorlanayotganiga qaramay Toshkent shahar yo‘lovchi transporti boshqaruvi tomonidan hech qanday amaliy qadamlar qo‘yilmayotganligi ko‘pchillikning g‘ashini keltirishi tabiiy hol. Axir ular yo‘lovchilarning xayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.

"Hamma narsa avtobuslar kechikib kelib, mo‘ljallangan 60 kishi o‘rniga 150 kishini tiqishtirib oladi. Buning natijasida motor zo‘riqib ishlaydi. Agar avtobuslar vaqtida kelganda bunday muammo bo‘lmasdi", — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘pchillikning fikriga ko‘ra, poytaxt avtoparklarini yoppasiga tekshiruv vaqti keldi. Avtobuslar texnik holatini, ularga texnik xizmat ko‘rsatish sifatini, ehtiyot qismlar yetkizib berish tizimi va avtoparlar faoliyatning boshqa  jihatlarini sinchiklab tekshirib, mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilish kerak.

© "Voditeli Tashkenta"Toshkentda yana "Mersedes" avtobusi yonib ketdi
 V Tashkente proizoshlo ocherednoe vozgoranie avtobusa  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yana "Mersedes" avtobusi yonib ketdi
Yangiliklar lentasi
0