Lola Karimova o‘zbekistonlik polvonlarga zafarlar tiladi

© Facebook Lola Karimova-Tillyayeva
Lola Karimova-Tillyayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navbatdagi sport festivalida ishtirok etib, Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun sportchilarimiz Sergey Trubitsin, Xamza Primov va Shuhrat Alixonovlar kuch ekstrimi, Olesya Gureyeva esa masrestling bo‘yicha kuch sinashishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Lola Karimova-Tillayeva Feysbukdagi sahifasida AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik polvonlarga tilak bildirdi. 

"2-5 mart kunlari o‘zbekistonlik sporchilarimiz har yil AQShning Ogayo shtatida bo‘lib o‘tadigan mashhur "Arnold Sports Festival" sport musobaqasida ishtirok etadilar.

Lola Islamovna Karimova-Tillayeva - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova navbatdagi postini Usmon Nosirga bag‘ishladi
AQShning eng yirik sport festivallaridan biri sanalib, shaxsan Arnold Shvarsenegger tomonidan bevosita qo‘llab quvvatlanib kelayotgan mazkur bellashuv dunyo atletlari orasida katta obro‘ga ega. "Arnold Sports" festivalida minglab kuchli polvonlar ishtirok etib, turli xil sport yo‘nalishlari, asosan, kuch ekstrimi va bodibildingda kuch sinashadilar.

Bizning sportchilarimiz ilk marotaba ushbu musobaqalarda 2015-yilda masrestling bo‘yicha ishtirok etganlar. 2016-yilda esa o‘zbekistonlik polvonlar "Arnold Strongman" musobaqalarida qatnashib, yarim final saralash bosqichiga chiqishga sazovor bo‘lganlar.

Navbatdagi sport festivalida ishtirok etib, Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun sportchilarimiz Sergey Trubitsin, Xamza Primov va Shuhrat Alixonovlar kuch ekstrimi, Olesya Gureyeva esa masrestling bo‘yicha kuch sinashishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

Polvonlarimizga ushbu musobaqalarda munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlarini astoydil tilab qolaman!", — deb yozgan Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0