Putin: Bishkekka harbiy bazamiz kerak bo‘lmay qolgan kuni biz chiqib ketamiz

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRossiya harbiy xizmatchilari
Rossiya harbiy xizmatchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston hududida joylashtirilgan Rossiya harbiy bazasi mamlakat xavfsizligini ta’minlaydi. Agar bunga hojat qolmasa, Rossiya harbiylari shu zahotiyoq bu mamlakatni tark etadilar, degan Putin

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiya va Qirg‘iziston harbiy hamda harbiy texnik hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.

RF prezidenti V. Putinning Qirg‘izistonga safari - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda endi inqiloblar bo‘lmaydi, dedi Atambayev
Putin va Atambayev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot-anjumani vaqtida jurnalistlar tomonidan Rossiya harbiy bazasi kuchaytirilishi haqidagi masala ko‘rib chiqiladimi, deya savol bergan.

"Baza haqidagi masala ko‘rib chiqilgani yo‘q. Gap Qirg‘iziston Qurolli kuchlarini kuchaytirish, qurol va aslahalar yetkazib berishni faollashtirish haqida bordi. Rossiya bizga armiyamizni mustahkamlashga yordam bermoqchi", — deb javob qaytargan Atambayev.

Jurnalistning savoliga Rossiya prezidenti ham javob bergan.

"Agar Qirg‘iziston bizlarning bazamiz kerak bo‘lmay qolgan darajada o‘z Qurolli kuchlarini mustahkamlab olganini aytsa, bazamiz bu yerdan ketadi. Bizning bu bazada katta ehtiyojimiz yo‘q", — deb ta’kidlagan Putin.

Rossiya yetakchisi Qirg‘izistonda Rossiyaning "Kant" aviabazasi qaysi maqsadda tashkil etilganligini ham eslatib o‘tgan.

"Mamlakat 1999-2000 yillarda terrorchilar hujumiga duch kelganida, o‘sha vaqtdagi hukumat rahbarlari mendan zudlik bilan harbiy kontingentni va birinchi navbatda aviatsiyani joylashtirishimni iltimos qilishgan edi", — deb ta’kidlagan Putin.

Putin obyektning birinchi galdagi vazifasi — mintaqada tinchlikni ta’minlash ekanini aytib o‘tdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Yangiliklar lentasi
0