Jamiyat

Toshkent viloyati hayvonlar tishlashi holati boʻyicha 1-oʻrinda koʻrsatildi

© Sputnik / Vitaliy Zalesskiy / Mediabankka oʻtishJahldor it
Jahldor it - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Keyingi oʻrinlarda Surxondaryo (6594), Buxoro (5688) viloyatlari va Toshkent (5252) joylashgan. Eng kam shunday holat – Navoiy viloyatida qayd etilgan (2708)

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda fevraldagi quturish kasalligi bilan kurash oyligi davomida 67,4 ming it emlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati.

Oʻzbekistonda profilaktik emlashdan oʻtkazilgan 1,4 million uyda saqlanadigan it va mushuklar roʻyxatga olingan.

2011-2016 yillarda daydi hayvonlar tomonidan tishlashlar miqdori keskin ortgan – 49,47 mingdan 59,67 ming kishigacha, buning oqibatida quturishga qarshi emlashga ajratiladigan mablagʻlar hajmi 1,1 mlrd.dan 7 mlrd. soʻmgacha oshirilgan.

Eng koʻp hayvonlarning tishlashi holati Toshkent viloyati aholisi bilan sodir boʻlgan, bu yerda 8059ta hodisa qayd etilgan.

Keyingi oʻrinlarda Surxondaryo (6594), Buxoro (5688) viloyatlari va Toshkent (5252) joylashgan. Eng kam shunday holat – Navoiy viloyatida qayd etilgan (2708).

Quturgan it - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda quturish kasalligiga qarshi profilaktika oʻtkazilmoqda
Hayvonlar tomonidan tishlash holatlarining 87,2 % yoki 51,95 mingtasi itlar hamda 6,8 %i mushuklarga toʻgʻri keladi.

Hodisalarning bir qismi boshqa uy hayvonlari, kemiruvchilar va yovvoyi hayvonlar bilan sodir boʻlgan.

Oʻtkazilgan tadbirlar davomida it saqlash qoidalarini buzgan 145 nafar fuqarolarga maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, qoidabuzarlik ishlari sudga oshirilgan hamda 7,12 mln soʻm miqdorida jarima undirilgan.

Oy davomida 266,47 mingta xonadonlar uyma-uy yurish orqali oʻrganib chiqildi, shu bilan bir qatorda, 2940ta taʼlim muassasalarida hamda 4783ta tashkilot va muassasalarda mavzuga oid darslar va seminarlar tashkil etildi. Quturish mavzusiga oid 38ta tele hamda 197ta radiodastur efirga uzatildi.

Yangiliklar lentasi
0