Rossiya Tojikistonda 20ta maktab quradi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMoskva maktabida elektron dars
Moskva maktabida elektron dars - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tojikistonda rus tilida ta’lim beriladigan 20ta maktab quradi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya Tojikistonda rus tilida ta’lim beriladigan 20ga yaqin maktablarni qurishni rejalashtirapti, deb xabar qildi jurnalistlarga Rossiyaning birinchi vitse-premyeri Igor Shuvalov ikki mamlakat prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha. RIA Novosti xabari asosida.

RF prezidenti V. Putinning Tojikistonga rasmiy tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada tojikistonliklar uchun imtiyozlar bisyor, dedi Putin Rahmonga
"Biz ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar qurilishi bilan bog‘liq loyihalarni muhokama qildik. Prezident hukumatga ushbu masalani ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlarni berdi. Tojikistonda maktablar qurilishi kelasi yildan boshlanishi taxmin qilinmoqda", — degan Shuvalov.

Xabarda ta’kidlanishicha, Rossiya maktablar qurilishi uchun sarmoya kiritadi, ta’lim dargohlari ta’minoti esa Tojikistonning o‘zining zimmasida bo‘ladi.

Shuvalovga ko‘ra, investitsiyalar hajmi hozircha noaniq.

Sal oldin Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taklif kiritgan. Putin Emomali Rahmonning taklifini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

 

Yangiliklar lentasi
0