TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Ushbu haftada O‘zbekistonda yana harorat soviy boshlaydi, deb xabar qildi "Darakchi" nashri.
Biroz iliq fursatdan so‘ng mamlakatimizga Rossiyaning Povolojya hududidan yana nam va sovuq havo oqimi kirib keladi.
Qishning so‘nggi kuni hali iliq bo‘ladi. 1-martdan e’tiboran harorat pasaya boshlaydi. Shu kuni O‘zbekistonda yomg‘ir, 2-martdan esa qor yog‘ishi kutilmoqda. 3-martdan yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi +3…+8 ˚C tushadi, tunda minus 3˚C pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun kunduzi O‘zbekistonda havo harorati 20 daraja iliq bo‘lgani haqida xabar bergan edik.