TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Sinoptiklarning ma’lumotiga ko‘ra, 27-fevral kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Toshkentda havo harorati 18 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisiga omad kulib boqdi, chunki bu hududlarda kunduzi +20 darajagacha issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida +5 g‘ +10 daraja iliq.
Boshqa hududlarda ham havo harorati 15-18 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.