Farg‘onadagi "Ayollar maslahat markazi" xotin-qizlarga ko‘mak bermoqda

Obuna bo‘lish
Markaz tomonidan xotin-qizlarga ijtimoiy, tibbiy, huquqiy, ma’naviy, psixologik yordamlar ko‘rsatilib, ishlashni xohlagan ayollarga bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etish va bandligini ta’minlashga qaratilgan muayan ishlar amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. 2015 yilning dekabr oyida Farg‘ona shahrida ish boshlagan maslahat markazida ayollarning turmush tarzi, hayoti, dunyoqarashi va oilasidagi muhitni o‘rganish, ularning hayotiga salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlab, atroflicha tushuntirish ishlarini olib borish tizimli yo‘lga qo‘yilgan, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot-xizmati.

Qo‘l - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda aholiga ijtimoiy ko‘mak beruvchi markaz ochiladi
Ta’kidlanishicha, markaz tomonidan xotin-qizlarga ijtimoiy, tibbiy, huquqiy, ma’naviy, psixologik yordamlar ko‘rsatilib, ishlashni xohlagan ayollarga bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etish va bandligini ta’minlashga qaratilgan muayan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xabarga ko‘ra, shu kunga qadar markazga murojaat qilgan 300 nafar xotin-qizlar muammolari o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan nafaqat ularga to‘g’ri maslahatlar berildi balki yaqin sirdosh, do‘st sifatida suhbatlar o‘tkazilgan.

Oilaviy mojarolar tufayli ruhiy tushkunlik, stressda bo‘lgan ayollar bilan psixolog Shahnoza Qurbonova kerakli muolajalarni olib borib, turmushini izga solish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

Shifokor Ra’noxon Sulaymonova, huquqshunos O‘ktamxon Yo‘ldosheva tomonidan 100 nafarga yaqin ayollarga kerakli maslahatlar berilgan bo‘lsa, Inobatxon Mamatxonova tadbirkorlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan qizlar va ayollarga har jihatdan yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilib, 37 nafari ish bilan ta’minlangan.

Dorixona - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida arzon dorixona ochildi
"Faoliyatimiz xotin-qizlarning oilada, mahallada, jamiyatda, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘mak berayotganligidan hursandmiz. Shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorligimiz o‘z samarasini ko‘rsatmoqda, – deydi "Ayollar maslahat markazi" rahbari Ergashoy Saydaliyeva. – Yaqinda barcha sharoitlar yaratilgan, zamonaviy jihozlar, ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangan yangi binoga ko‘chib o‘tdik Endilikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish, yakkama-yakka suhbatlar olib borish uchun imkoniyatlarimiz yanada kengaydi".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-sentabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan tashkil etilgan "Ayollar maslahat markazi" nafaqat ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etish, balki ularni mehr, e’tibor, shirin so‘z bilan sog’lom hayotga qaytarish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kabi jihatlarni ham qamrab olgan.

Yangiliklar lentasi
0