Oylik ish haqidan "ushlab qolishlar" yo‘qotiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ish haqlari o‘z vaqtida berilishini nazorat qilish va ish haqidan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan ushlab qolishlarga yo‘l qo‘yilmasligiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ishtirokida 2017-2019 yillar uchun mo‘ljallangan bosh kelishuv imzolandi.

O‘zbekistonda bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatiladi va ularning ish vaqti qisqartiriladi
"Mehnatga haq to‘lash, aholining real daromadlari va turmush darajasini ko‘tarish masalalarida ilk bor yalpi ichki mahsulot tarkibida mehnat haqi ulushini 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda saqlab turish, eng kam ish haqi miqdorini belgilash bo‘yicha uch tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish xususida kelishib olindi", deyilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi sayti xabarida.

Mehnatga haq to‘lashni tartibga solishda va ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashda jamoa kelishuvlari va shartnomalarining rolini oshirishga, ish haqidan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan ushlab qolishlarga yo‘l qo‘yilmasligiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadga muvofiq deb qabul qilingan.

Tomonlar eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek mehnatga haq to‘lash fondining tarif qismi va tarifga qo‘shimcha qismi o‘rtasidagi maqbul nisbatni davlat tomonidan va jamoa shartnomalari vositasida o‘rnatilishini ta’minlash zarurligini tan olishgan.

Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi
Bundan tashqari, mehnat bozorini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish masalalarida barqaror ish haqini va havfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlovchi doimiy ish o‘rinlari, ayniqsa qishloq joylarida yaratilishiga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining boshqa toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb topilgan.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirilishi, yosh mutaxassislarni o‘z ish o‘rinlarida qo‘nimliligi uchun ish beruvchilar mas’uliyatini oshirish, yuridik shaxslarning tugatilishi va qayta tashkil etilishi natijasida bo‘shatib olingan xodimlarning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etish, mehnat migratsiyasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ustuvor vazifalar hisoblanadi.

Kelishuvni hukumat nomidan bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, xodimlar tashkilotlari nomidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, respublika ish beruvchilar birlashmalari nomidan — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov imzolagan.

Yangiliklar lentasi
0