Qashqadaryo Afg‘onistonga 7 million dona tuxum eksport qiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTuxumlar
Tuxumlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahrisabz tumanidagi "Eko parranda" korxonasi o‘tgan yildan boshlab tuxum eksportiga kirishgan va Afg‘onistondagi "Ixlos Ltd." firmasiga 107 ming dollarlik mahsulot eksport qilgan. Hamkorlar o‘rtasida joriy yilda 7 million dona tuxum yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolangan

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida tuxum eksport qilinmoqda, deb xabar bergan "Darakchi" nashri.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda tuxum eksporti hajmi bir necha barobarga oshgan va yanvar oyining o‘zidayoq qiymati 438 ming dollarlik tuxum eksport qilingan, — deyiladi xabarda.

Jo‘jalar - Sputnik O‘zbekiston
Xivada har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatilishi mumkin
Ma’lum bo‘lishicha, tuxumlar eksporti bilan Shahrisabz tumanida faoliyat yuritayotgan "Eko parranda" mas’uliyati cheklangan jamiyati shug‘ullanmoqda. Besh yil avval tashkil etilgan bu tadbirkorlik subyekti o‘tgan davrda sezilarli rivojlanishga erishgan. Ayni paytda korxona fabrikasida boqilayotgan tovuqlar soni 80 ming boshga yetgan.

"Xay-layn" zotiga mansub bu tovuqlar kasallikka chidamliligi va mahsuldorligi bilan ajralib turishi ta’kidlanmoqda.

Tadbirkorning qayd etishicha, ushbu korxona ham o‘tgan yildan boshlab tuxum eksport qilishga kirishgan. Afg‘oniston davlatidagi "Ixlos Ltd." firmasi tomonidan 107 ming dollarlik mahsulot xarid qilingan. Hamkorlar joriy yilda 7 million dona tuxum yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Keyingi yillarda Qashqadaryo viloyatida ham go‘sht, sut va tuxum yetishtirish hajmi bir necha barobar oshgan. Mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilarning ko‘payib borayotgani o‘sish sur’ati barqaror bo‘lishiga zamin yaratmoqda, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0