Mehnat vazirligi limon yetishtirish foydasi haqida gapirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishLimon
Limon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tovuq va limon xo‘jaligi bo‘yicha tavsiyanomalar berildi.

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Ilgariroq tovuq boqish orqali qanday qilib millionerga aylanish haqida tavsiyalarni berib o‘tgan edik.

Endi esa Mehnat vazirligi tomonidan tayyorlangan rolikda limon yetishtirish foydalari haqida tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.

O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Azimov qoraqalpoq xalqiga davlatmand bo‘lish sirini oshkor qildi
Rolikda O‘zbekiston sharoitida Meyer, Toshkent, Yubileyniy, Jenoa va Vulkan navlari yetishtirilishi aytilgan.

"1 tup limon ko‘chatidan hosildorlik 60-70 kg, 12 tupdan 800 kg.ni tashkil qilinadi (1 kg limon — 5000 so‘m). 1-yilda 1 sotix limonariyadan 5 million so‘mdan ortiq daromad qilish mumkin, 1 sotix limonariya xarajatlari 1 million so‘m, demak sof foyda 4 million so‘mni tashkil qiladi. Tomorqa 7-8 sotix bo‘lgan holatda esa bu limonariyadan 1-yilda 25-30 million so‘m daromad olish mumkin", deyiladi videoxabarda.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni tomorqa.mehnat.uz saytidan olishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0