TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Ilgariroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti xalq turmushi bilan yaqindan tanishish maqsadida, 20-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safar uyushtirgani haqida xabar bergan edik.
Mirziyoyev tashrif davomida Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Yig‘ilishda aholining iqtisodiy salohiyatini oshirish usullari borasida ham so‘z yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov mintaqadagi har bir xonadonda 100tadan tovuq boqilsa, bunda xalqning turmush farovonligi yanada oshishini ma’lum qilgan, deb yozadi Kun.uz yig‘ilishda ishtirok etgan manbasiga tayangan holda.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bu ishni amalga oshirish bo‘yicha vazifani bosh vazir o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklagani aytilmoqda.