TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Hali tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, surxondaryolik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga urindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Surishtiruv vaqtidayoq shu narsa ma’lum bo‘lgan ediki, hibsga olingan ayol o‘zini oqlash uchun qanday bahona to‘qimagan taqdirda ham, bunday harakatga qo‘l urgan odamni kechirish og‘ir bo‘ladi.
Nargizaning so‘zlariga ko‘ra, u qizidan otasi voz kechgani sabab, chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, eri hamisha o‘g‘il tug‘ilishini xohlagan, va qiz tug‘ilsa undan "xalos" bo‘lishini so‘ragan.
Nargiza qizdan "xalos" bo‘lish yo‘lini esa tug‘ruqxonadaligidayoq o‘ylab topadi: Nargiza palatadadoshlariga o‘z rejasi haqida og‘iz ochar ekan, bu hisob bo‘yicha to‘rtinchi farzandi ekanligini, uni boqib ololmasligini ma’lum qiladi.
Ayol chaqalog‘iga tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay o‘rtadagi vositachi orqali "xaridor" topadi. U chaqalog‘i uchun 5 million so‘m talab qiladi, biroq "xaridor" bilan kelishib, bahoni bir million so‘mga arzonlashtiradi.
"Oldi-sotdi" amalga oshirishga kelishilgan kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan ushbu hodisa fosh etilib, chaqaloq o‘z onasiga qaytarildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.