Andijonda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavsky / Mediabankka o‘tishJinoyatchilikka qarshi kurash
Jinoyatchilikka qarshi kurash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahlo va uning jinoiy sherigi Dildora chaqaloqni 6,1 mln. so‘mga pullayotgan paytda bojxonachilar tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar berildi O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi saytida.

Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi Shahlo Qosimova (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) endigina tug‘ilgan qiz chaqalog‘ini sotishni rejalashtiradi. Xaridor topishda esa unga hamtovog‘i Dildora Muinova “yordam”ga keladi.

O‘zbekiston chegarasi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Andijon shahridagi viloyat perinatal markazi oldida tezkor tadbirga jalb qilingan “yollanma xaridor” bilan uchrashuv belgilanadi. Shahlo va uning jinoiy sherigi Dildora chaqaloqni 6,1 mln. so‘mga pullayotgan paytda bojxonachilar tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlarga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudining xukmi bilan qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0