TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Dushanbega muntazam reyslar qatnovi "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi jadvaliga aprel oyida kiritiladi, deb xabar qilmoqda aviakompaniya matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, Tojikiston poytaxtiga reyslar haftada ikki marotaba — seshanba va shanba kunlari A-320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari Nyu-York, Seul, Mineral suvlar, Ostonaga reyslar qatnovi soni ko‘paytirilishi xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 23-fevral kuni amalga oshishi lozim bo‘lgan Dushanbe-Toshkent aviareysi noma’lum sabablarga ko‘ra ikki marotaba amalga oshmay qolgan edi.